Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

🗓Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.A.Atayeva tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida navbatdagi deputat so‘rovi yuborildi.

📍 Shaharning “Shodlik” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammo o‘rganildi.

📊Aniqlanishicha, Aeroport ko‘chasidagi 1- va 2-sonli ko‘p qavatli uylar oldida joylashgan oqava suv quvuridagi nosozlik sabab hududda doimiy ravishda suv to‘planib, ko‘lmak hosil bo‘lmoqda.

⚠️ Mazkur holat:
🔹 Sanitariya holatining yomonlashishiga;
🔹 Aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga;
🔹 Fuqarolarning kundalik turmushida noqulayliklar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

🔎Shu munosabat bilan muammoni bartaraf etish va oqava suv tizimini tartibga keltirish yuzasidan “Xorazm suv ta’minoti” AJ Urganch shahar filiali rahbari M.Qurambayev nomiga deputat so‘rovi kiritildi.