Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Ayollar muammosi deputat e’tiborida.

Ayollar muammosi deputat e’tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan xotin-qizlarning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazildi. Jumladan, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaat etgan fuqarolarga amaliy tavsiyalar va huquqiy tushuntirishlar berildi.Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning qonuniy yechimlari yuzasidan tegishli fikr-mulohazalar bildirildi. Ayrim murojaatlar ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash belgilandi.

Deputat tomonidan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga yechim topish doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1