Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Karmanada yirik loyiha: "Navoi Prom Grand" MChJ faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyat mudiri tomonidan kunlik ish rejasiga asosan, "Katta Machit" MFY hududida joylashgan "Navoi Prom Grand" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyiha o‘rganildi.
Ushbu loyihaning umumiy qiymati 27,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, hududda zamonaviy Maxsus texnikalar savdosini tashkil etishga qaratilgan. Loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar, qurilish va tashkiliy jarayonlar ko‘zdan kechirilib, korxonaning istiqboldagi rejalari muhokama qilindi.
➡️"NPG.GROUP" ("NAVOI PROM GRAND" MChJ) kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasining (XXR) dunyoga mashhur brendlari — XCMG, HOWO SINOTRUK, KAISHAN, DAHAN kabi yirik ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori va dileri hisoblanadi.
➡️Kompaniya O‘zbekiston bo‘ylab qurilish sohasidagi maxsus texnikalar savdosi bilan shug‘ullanadi. Shuoningdek, mijozlarga quyidagi texnikalarni ijara va xizmat ko‘rsatish asosida ham taqdim etadi:
✔️Samosvallar;
✔️Avtobetonqorgichlar (avtobetonosmesitel) va beton nasoslari;
✔️Avtokranlar va yuklagichlar (pogruzchik) hamda boshqa maxsus texnikalar.
➡️Xalqaro hamkorlik va kafolat: "NPG.GROUP" kompaniyasi Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi zavodlari (jumladan, Xuzhou Construction Machinery Group, SINOTRUK, CIMC, ZHEJIANG KAISHAN HEAVY INDUSTRY, DAHAN TECHNOLOGY, SHANGHAI SHIBANG MACHINERY SALES, ZHENGZHOU KAISHAN va boshqalar) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
✅Kompaniya yuqorida qayd etilgan ishlab chiqaruvchilarning transport vositalari va maxsus texnikalarini sotish hamda ularga rasmiy servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha hududiy vakolatli dilerlik sertifikatiga ega.

Slide 1 of 7