Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
DEPUTATLARGA MAXSUS YON DAFTARCHALAR TARQATILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlarining faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ular tomonidan olib borilayotgan ishlarni tizimli tashkil etish hamda aholi bilan muloqot jarayonlarini takomillashtirish maqsadida deputatlarga maxsus yon daftarchalar tarqatildi.

✔️Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z. Suyarova hamda tuman hokimining o‘rinbosari A. Ziyatov ishtirok etib, deputatlik faoliyatida fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, saylovchilar ishonchini oqlash va hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

⚡️Deputatlarga topshirilgan maxsus yon daftarchalar kundalik ish faoliyatini samarali rejalashtirish, fuqarolar murojaatlarini qayd etib borish, sayyor qabullar davomida ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olish hamda deputatlik so‘rovlari va uchrashuvlar natijalarini tizimli ravishda yuritishda muhim amaliy vosita bo‘lib xizmat qiladi.

✍️Shuningdek, ushbu daftarchalar orqali hududlarda aniqlanayotgan muammolar, aholini qiynayotgan masalalar, ijtimoiy-iqtisodiy holatga oid taklif va mulohazalarni umumlashtirish hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish imkoniyatlari kengayadi.

✅Tadbir davomida deputatlar oldida turgan ustuvor vazifalar, jumladan, saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, mahallalarda olib borilayotgan islohotlar ijrosini nazorat qilish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

⚡️Ta’kidlanganidek, bunday amaliy tashabbuslar deputatlarning mas’uliyatini yanada oshirish, ularning faoliyatini zamonaviy va samarali tashkil etish, aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7