Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv avvalida deputat mamlakatimizda keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning hayot sifati va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Nuroniylarning jamiyatdagi o‘rni beqiyos ekanligi, ularning boy hayotiy tajribasi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Muloqot davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar,
aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash, obodonlashtirish, yo‘l-infratuzilma va kommunal xizmatlar sifatiga doir taklif va muammolar muhokama qilindi. Nuroniylar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar diqqat bilan eshitilib, ularning har biri yuzasidan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar tarbiyasi, ularni vatanparvarlik ruhida kamol toptirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hamda mahallada ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Nuroniylar tomonidan bu boradagi amaliy takliflar bildirilib, hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklari ta’kidlandi. Deputat mahalla faollari va nuroniylar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini qiynab kelayotgan masalalarni
tizimli ravishda o‘rganib borish va ularni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Fayziobod mahallasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda nuroniylar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Slide 1 of 3