Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Kengash qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

👥 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi Kotibiyat mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati T.To‘ychiboyev tomonidan tuman Kengashining 2026-yil 11-fevraldagi “Bag‘dod tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-18-8-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganishlar olib borildi.
🏘 Mazkur qarorga muvofiq, Bag‘dod tumani markazida 1972–1991-yillarda barpo etilgan, bugungi kunda ma’nan eskirgan 23 ta ikki qavatli, jami 326 xonadonli ko‘p kvartirali uylarni renovatsiya qilish orqali zamonaviy turar joy majmuasini barpo etish belgilangan.
🏗 Loyiha doirasida “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini Bo‘ston dahasi hududidagi mavjud uylar o‘rnida 23 ta 7 qavatli, jami 1924 xonadonli zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan.
🌳 Shuningdek, dastur asosida aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida bolalar maydonchalari, sport maydonlari hamda kichik istirohat bog‘lari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
💧 Majmuaning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash maqsadida budjet mablag‘lari hisobidan 1000 m³ sig‘imli ichimlik suvi inshooti, 2 ta suv qudug‘i va 2 ta suv nasosini o‘rnatish rejalashtirilgan.
⚡️ Elektr ta’minoti tizimini mustahkamlash maqsadida esa 35/10 kVli “Namuna” nimstansiyasidagi quvvati 6300 kVA bo‘lgan transformatorni 16000 kVA quvvatli transformatorga almashtirish, 2 ta yacheyka qurish, 4 kilometr elektr uzatish tarmog‘ini tortish hamda 2 ta yangi transformator o‘rnatish belgilangan.
🔎 O‘rganish davomida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda qurilish va infratuzilma obyektlaridagi holatlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 3