👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi J.Babajanov hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Katqala mahallasining Uch Chinor ko‘chasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.
📜 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-sonli “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida hamda mahalla fuqarolar yig‘ini kengashining qaroriga asosan ko‘chaga 20 dona tungi yoritgich chiroqlari o‘rnatish uchun 20 million 50 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.
💡🔧 O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlarning holati, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ko‘chani zamonaviy yoritish tizimi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Mutasaddilar tomonidan ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌙🏡 Mazkur loyiha aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish, tungi vaqtda harakatlanish imkoniyatlarini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.