Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

QOG‘OZ VA QOG‘OZ SANOATI LOYIHASI BO‘YICHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

O‘rganish davomida loyihaning hudud iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi ahamiyati, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, ekologik talablar, mavjud infratuzilma imkoniyatlari hamda sanoat faoliyatining mahalla va aholi manfaatlariga ta’siri yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, loyiha doirasida yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan o‘rganish natijalari asosida tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

✅ Maqsad — sanoat loyihalarining qonuniy, ekologik xavfsiz va hudud manfaatlariga mos tarzda amalga oshirilishini o‘rganish hamda mahalliy iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashishdir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2