Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

2026-yil — Quduqsoyliklar uchun bunyodkorlik va taraqqiyot yili!

Bandixon tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari nafaqat markazda, balki eng chekka va olis hududlarda ham izchil davom etmoqda. Ana shunday mahallalardan biri — Quduqsoy bugun o‘zgarishlar va yangilanishlar maskaniga aylanmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta’minlash, xususan, Surxondaryo viloyatining salohiyatini oshirish maqsadida tumandagi "Quduqsoy" MFYda joylashgan 33-sonli umumta’lim maktabida keng ko‘lamli qurilish-rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi Jurayev Erkinjon Normuradovich mazkur ob’ektda bo‘lib, loyihaning borishi va sifat darajasini ko‘zdan kechirdi.

Eng quvonarlisi, bugungi kunda Quduqsoyda umumiy qiymati 3 milliard 300 million so‘m bo‘lgan, 240 o‘rinli zamonaviy maktab binosi bunyod etilmoqda. Qurilish maydonida ishlar jadal sur'atlarda davom etib, quruvchilar kelajak avlod uchun munosib ta'lim maskanini barpo etish yo‘lida fidokorona mehnat qilmoqda.

Quduqsoyda amalga oshirilayotgan bunday ezgu va ulkan loyihalar mahalla ahlining hayot sifatini yaxshilash, yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5