Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "6-Xondamir" saylov okrugi deputati Azizov Kamolitdin Tulyaganovich tomonidan “Toshkent shahar suv ta’minoti” AJ Uchtepa tumani suv ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Sh.Djo‘rayevga deputatlik so'rovi chiqarildi.

⚠️ Sharq Yulduzi mahallasi Durbek ko‘chasi fuqarolari tomonidan murojaat kelib tushgani va ushbu murojaatga ko'ra Durbek ko'chasidagi xonadonning markaziy ichimlik suvi tarmog‘iga ulanishida muammolar mavjudligi, natijada ichimlik suvi ta’minotida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etilgan.

📊 Ushbu murojaat va tegishli ma'lumotlardan kelib chiqib, holatni belgilangan tartibda o‘rganib chiqish, mazkur xonadonni markaziy ichimlik suvi tarmog‘iga ulashning texnik imkoniyati mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda ushbu masala bo‘yicha ko‘rilgan choralar va natijalar haqida qonunchilikda belgilangan muddatlarda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga yozma axborot taqdim etish so'ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3