Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Haftalik rejaga muvofiq Kengash raisi Farhod mahallasida o‘rganish o‘tkazdi

Haftalik rejaga muvofiq Kengash raisi Farhod mahallasida o‘rganish o‘tkazdi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi, “9-Jurjoniy” saylov okrugidan saylangan deputat Ismanov Ja’far Xodjimuratovich tomonidan haftalik rejaga muvofiq “Farhod” MFYda o‘rganish o‘tkazildi.

📇 O‘rganish davomida Kengash raisi Jafar Ismanov mahalla raisi Nilufar Mirzayeva hamrohligida davlat-xususiy sheriklik asosida bunyod etilgan zamonaviy mahalla binosida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahalla hududida o‘rnatilgan 300 dan ziyod kuzatuv kameralarining holati va samaradorligi ham o‘rganildi.

🗂 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF–5938-son Farmoni hamda PQ–4602-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida mahalla institutini qo‘llab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi ekani qayd etildi.

💬 O‘rganish jarayonida fuqarolarni qabul qilish, murojaatlar bilan ishlash, yoshlar, xotin-qizlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan manzilli ishlash uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Kengash raisi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda mahalla tizimi faoliyatini takomillashtirish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.

↗️ O‘rganish yakunida mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholi uchun yaratilayotgan qulayliklarni kengaytirish hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5