Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq o'ttizinchi sessiyasiga bag‘ishlangan doimiy komissiya yig‘ilishi - dolzarb masalalar muhokama markazida

🗣 Uchtepa tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining III chaqiriq o'ttizinchi sessiyasiga tayyorgarlik doirasida Kengashning mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan qator muhim va ustuvor masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.

↗️ Dastlab, “Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida”gi masala doirasida hudud moliyaviy resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, ularni eng dolzarb ijtimoiy ehtiyojlarga yo‘naltirish masalalari deputatlar tomonidan alohida e’tibor markaziga olindi.

🔼 Bundan tashqari, Uchtepa tumanini infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida Uchtepa tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xarajatlarga yo‘naltirish yuzasidan berilgan taklif ham atroflicha muhoma etilib, tegishli ishlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

📁 Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan asosli xulosalar qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha bir ovozdan tavsiyalar berildi.

💼 Mazkur yig‘ilish deputatlarning hudud taraqqiyotiga daxldorligini, ularning mas’uliyatli va tashabbuskor yondashuvini, eng muhimi, qabul qilinayotgan qarorlar aholi manfaatlarini ta’minlash, hududni barqaror rivojlantirish va ochiqlik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 6