Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
DEPUTAT TOMONIDAN MARKAZIY DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI.

 Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi deputati,doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosini ta`minlash maqsadida “Parkent dehqon bozori” MChJ mutasaddilari bilan hamkorlikda tumanimizdagi Markaziy dehqon bozorida jamoatchilik nazoratini amalga oshirdi.Nazorat tadbiri davomida aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bozordagi narx-navolarning barqarorligini saqlash, mavsumiy mahsulotlar zaxirasining yetarliligi hamda savdo jarayonlarining belgilangan tartiblar asosida tashkil etilganligi o‘rganildi. Shuningdek, savdo rastalaridagi mahsulotlar assortimenti,ularning sifati va iste’molchilar uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish jarayonida bozor ma’muriyati va tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, narxlarning asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash hamda mavsumiy zaxiralarni muntazam to‘ldirib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.Jamoatchilik nazorati yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilar bilan fikr almashilib, bozorda sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlash, savdo madaniyatini yanada yuksaltirish va aholining manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 6