Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
APELLYATSIYA KENGASHI TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI 👇👇👇👇
янв.21
DEPUTAT KO‘MAGI BILAN OILANING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
XAVFSIZ MAHALLA — TINCH VA OSOYISHTA HAYOT GAROVI
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: FUQAROLAR XAVFSIZLIGI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI E’TIBORDA
янв.21
YOSHLAR BANDLIGI VA KELAJAK REJALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
YASHIL KELAJAK YO‘LIDA BIRLASHAYLIK! 👇👇👇👇
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: 173-SONLI MTTDAGI MAVJUD HOLAT O‘RGANILDI
XAVFSIZ MAHALLA — TINCH VA OSOYISHTA HAYOT GAROVI

Yig‘ilish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlar va aholi o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolarning hushyorligi va faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat Sabura Normetova fuqarolar bilan ochiq muloqotda bo‘lib, mahallada xavfsiz muhitni shakllantirish faqat mas’ul tashkilotlar emas, balki mahalla faollari va aholining hamjihatligi orqali samarali amalga oshirilishini ta’kidladi.

Mazkur tadbir “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonun, shuningdek, respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida tashkil etildi.

✅ Maqsad — Katta Hasanboy mahallasida jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va tinch-osoyishta muhitni mustahkamlashdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 1