Tadbir davomida korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun ustuvorligiga rioya etish hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazildi.
Shuningdek, soliq inspeksiyasi faoliyatida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash tartibi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda ochiqlik tamoyillariga amal qilinishi holati o‘rganildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-son Qonuni, shuningdek mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari faoliyatiga oid qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
✅ Maqsad — davlat organlari faoliyatida ochiqlik, qonuniylik va mas’uliyatni yanada mustahkamlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting!