Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IIO FMB HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA XALQ QABULXONASI AXBOROTI TINGLANDI
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
APELLYATSIYA KENGASHI TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI 👇👇👇👇
янв.21
DEPUTAT KO‘MAGI BILAN OILANING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
XAVFSIZ MAHALLA — TINCH VA OSOYISHTA HAYOT GAROVI
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: FUQAROLAR XAVFSIZLIGI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI E’TIBORDA
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, ichki yo‘laklar, jamoat joylari va chiqindi to‘plash maydonlarining holati ko‘zdan kechirildi. Aholi vakillari bilan muloqot qilinib, hududni yanada obod qilish, tozalikni saqlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, noqonuniy chiqindi to‘planishining oldini olish hamda sanitariya talablariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida hududda to‘planib qolgan chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilishiga erishildi. Mahalla hududining ozodaligi va obodonligini ta’minlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar va vazifalar belgilab olindi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarni yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda.


Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 5