Sessiya davomida doimiy komissiya xulosasi eshitilib, unda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, “Mahallabay”, “Sayyor qabul” va “Shaxsiy qabul” tizimlarini takomillashtirish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarni joylarda hal etish hamda davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan vazifalar alohida ta’kidlandi.
Doimiy komissiya tomonidan qaror loyihasi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgani qayd etilib, uni tasdiqlash maqsadga muvofiq deb topildi.