Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Deputatlar tomonidan bemorlara bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rganildil

Aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanishi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni zarur dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi doimo e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Shu maqsadda Shahar Kengashi deputatlari A.Mahkamov va Sh.Madaminova 7-oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasadagi bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida deputatlar poliklinikada saqlanayotgan dori vositalari zaxirasi, ularning hisob-kitobi va aholiga yetkazib berish tartibi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, davlat dasturlari asosida bepul ajratilayotgan dori vositalarining mavjudligi hamda ulardan foydalanish samaradorligi muhokama qilindi.

Deputatlar tibbiyot muassasasiga murojaat qilayotgan fuqarolar, ayniqsa surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar. Poliklinika rahbariyati tomonidan dori vositalarini qabul qilish, saqlash va tarqatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shahar Kengashi deputatlarining mazkur o‘rganishi ham aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayonining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 4