Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

Bandixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jo'rayev tomonidan tumandagi Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda unga qarashli muassasalar faoliyati atroflicha o‘rganildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodga ko‘rsatilayotgan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, muassasalardagi shart-sharoitlarni yaxshilash va mavjud muammolarni joyida hal etishdan iborat.

🔍 O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?

Sifatli ta’lim va metodika: Maktablarda dars berish sifati, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning joriy etilishi hamda o‘quvchilarning dars davomomati;

Moddiy-texnik baza: Maktab va bog‘chalarning infratuzilmasi, isitish tizimlari, kompyuter xonalari va laboratoriyalarning bugungi holati;

Bog‘chalardagi sharoitlar: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va sog‘lom ovqatlantirish tizimi;

Kadrlar salohiyati: Pedagoglarning malaka darajasi va ularni qo‘llab-quvvatlash tizimi.

"Ta’lim sifati — kelajagimiz poydevoridir. Har bir maktab va bog‘chada bolalarimiz sifatli bilim va tarbiya olishi, o‘qituvchilar esa munosib sharoitlarda ishlashi shart." — Kengash raisi.

Slide 1 of 3