Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Tuman Kengashi va "Madat" muassasasi hamkorligi: Aholi muammolari diqqat markazida

Tuman Kengashi va "Madat" muassasasi hamkorligi: Aholi muammolari diqqat markazida

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash raisi D.Safarova hamda kotibiyat mudiri O‘.Rajabov tuman Adliya bo‘limidagi "Madat" huquqiy yordam ko‘rsatish muassasasi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish davomida tuman Kengashi va "Madat" muassasasining o‘zaro hamkorligi, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish hamda ijtimoiy muammolarga qonuniy yechim topish samaradorligi tahlil qilindi.

Kengash raisi D.Safarova ta’kidlaganidek, xalq deputatlari va "Madat" muassasasining birgalikdagi harakati joylardagi ko‘plab huquqiy va ijtimoiy muammolarni tizimli hal etishda muhim poydevor bo‘lmoqda.

Uchrashuv yakunida aholining huquqiy himoyasini kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlashda tuman Kengashi va "Madat" muassasasi aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.