Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Deputat tashabbusi

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Abdulla Mamatqulovning tashabbusi bilan Muzrabot tumaniga kirish qismiga “Stela” monumenti qurib bitkazildi.

Mazkur Stela nafaqat tuman ramzi, balki hududning bugungi taraqqiyoti, yangicha qiyofasi va kelajak sari dadil odimlayotganini aks ettiruvchi muhim me’moriy obyekt sifatida qad rostladi.

Tuman hokimi, tuman kengshi deputati Abdulla Mamatqulov monument hududida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. O‘rganish davomida “Stela”ning me’moriy ko‘rinishi, bezak elementlari, qurilish sifati hamda atrof hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Tuman hokimi tomonidan ushbu maskanni yanada jozibador va qulay hududga aylantirish maqsadida “Stela” atrofida 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi savdo shoxobchasi, zamonaviy hojatxona hamda dam olish uchun zarur infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarini jadallashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekish, tungi yoritish tizimlarini zamonaviy talablarga mos ravishda tashkil etish hamda obodonlashtirish ishlarini kompleks tarzda davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Yangi bunyod etilgan “Stela” monumenti endilikda Muzrabot tumaniga tashrif buyurayotgan mehmonlarni munosib kutib oladigan, tumanning zamonaviy qiyofasi va bunyodkorlik salohiyatini namoyon etadigan ramziy maskanlardan biriga aylandi.

 

Slide 1 of 5