Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili



❗️“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili

✨ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva tomonidan Olmazor tumanidagi "Yuqori Beshqo‘rg‘on” mahallasida "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv tashkil etilib, Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, infratuzilma va fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

📍 Uchrashuvda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda kotibiyat xodimlari ishtirok etib, hudud rivoji va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🔎 Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga ko‘rsatilayotgan yordam, hokim yordamchilari faoliyati, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda aholi bandligini oshirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

🌳 Mahallalardagi park va xiyobonlar holati, bolalar va yoshlar uchun sport maydonchalari, ta’lim muassasalarining sport zallari va jihozlanganlik darajasi, jamoat transporti qatnovi, avtobus bekatlarining qulayligi, madaniyat muassasalari hamda kutubxonalar faoliyati kabi yo‘nalishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, mahalladagi muammolarni joyida aniqlash va ularni tizimli hal etish hamda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hudud rivojiga amaliy hissa qo‘shish deputatlik faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.

✅ Yakunda nuroniylar bilan samimiy muloqot qilinib, ularning hayot yo‘li, jamiyat ravnaqi yo‘lidagi fidokorona mehnati, bugungi tinch va farovon hayotimiz barqarorligiga qo‘shgan hissasi alohida e’tirof etildi. Keksalarimizning boy hayotiy tajribasi, donishmandligi va ezgu duolari yosh avlod uchun ibrat maktabi ekani ta’kidlanildi.

Slide 1 of 6