Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Deputat nazorati

35-SONLI MAKTAB ATROFIDAGI YER MAYDONIDAN SAMARALI FOYDALANISH VA ZAMONAVIY STADION BARPO ETISH MASALASI KO‘TARILDI

Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi 10-Toshariq saylov okrugi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Nabiyev Anvar G‘aniyevich tomonidan Toshariq MFY hududida mavjud masalalarni o‘rganish yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida 35-sonli umumta’lim maktabi yonida joylashgan yer maydoni (yaylov)dan samarali foydalanish masalasi ko‘tarildi. Xususan, ushbu hududni maktab balansiga o‘tkazish hamda “Ochiq budjet” dasturiga kiritish orqali obodonlashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan deputatga murojaat qilindi.

Shu bilan birga, mazkur hududda yoshlar va aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida zamonaviy sport maydoni (stadion) barpo etish taklifi ham ilgari surildi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputat tomonidan masalalar atroflicha o‘rganilishi, qonunchilik doirasida tegishli tartib-taomillar asosida ko‘rib chiqilishi ta’kidlab o‘tildi.

Hududni yanada obod qilish, ta’lim muassasasi atrofini tartibga keltirish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish masalalari deputat nazoratida ekani ma’lum qilindi. 

Slide 1 of 2