Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
#MAY_OYI_SARHISOBI

#MAY_OYI_SARHISOBI

May oyi davomida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Deputatlar tomonidan saylov okruglarida sayyor qabullar o‘tkazilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot yo‘lga qo‘yildi, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan manzilli o‘rganishlar olib borildi.

Oy davomida mahallalardagi obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, chiqindilarni olib chiqish tizimi, ko‘p qavatli uylarning texnik holati, ichki yo‘laklar va yerto‘lalar, ko‘cha yoritgichlari hamda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar deputatlar nazoratida bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1-son qarori ijrosi, xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari ham alohida e’tiborda saqlandi.

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Har bir murojaat ortida inson manfaatlari mujassam ekanligi inobatga olinib, masalalarning yechimiga mas’uliyat bilan yondashildi.

May oyida deputatlarning asosiy e’tibori xalq bilan ochiq muloqot qilish, joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topishga qaratildi. Natijada ko‘plab masalalar joyida hal etildi, ayrimlari esa nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Xalq ishonchi – deputat faoliyatining eng muhim mezoni. Uzun tumani Kengashi deputatlari ushbu ishonchni oqlash yo‘lida may oyida ham faol va mas’uliyatli ish olib bordilar.