Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MINOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
INKLYUZIV TA’LIM SINFLARI UCHUN KORREKSION XONALARNI JIHOZLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
NURMAKON MAHALLASIDAGI 260-SONLI MAKTABDA TA’MIRLASH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI 👇👇👇👇
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA
янв.21
98-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
BOG‘ISHAMOL MAHALLASIDAGI 240-SONLI MAKTABDA MUAMMO BARTARAF ETILDI
янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengash deputatlarining 2026-yilning o‘tgan davri, xususan may oyidagi faoliyati tahlil qilinib, sessiyalardagi ishtiroki, deputatlik so‘rovlari yuborish amaliyoti, saylov okruglarida fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi hamda murojaatlar bilan ishlash holati muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2026-yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan 7 ta sessiyada deputatlarning ishtiroki yuzasidan monitoring olib borilgan. Tahlillar natijasida ayrim deputatlar sessiyalarda muntazam faol qatnashgan bo‘lsa, ayrim deputatlar tomonidan sessiya yig‘ilishlarida ishtirok etish holatlari yetarli darajada ta’minlanmagani qayd etildi.

Shuningdek, komissiya tomonidan deputatlarning may oyidagi amaliy faoliyati ham o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, bir qator deputatlar tomonidan fuqarolar muammolarini hal etish maqsadida deputatlik so‘rovlari yuborilgan bo‘lib, may oyi davomida tegishli tashkilotlarga jami 10 ta deputatlik so‘rovi chiqarilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilish davomida deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati ham tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Xususan, har bir deputat tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida fuqarolar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, ayrim hollarda ushbu rejalarning ijrosi to‘liq ta’minlanmayotgani qayd etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan deputatlik faoliyati samaradorligini yanada oshirish, sessiyalardagi ishtirokni kuchaytirish, saylovchilar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida deputatlar faoliyati ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish, tasdiqlangan reja-grafiklar ijrosini ta’minlash hamda deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3