Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA IIO FMB HISOBOTI TINGLANDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA XALQ QABULXONASI AXBOROTI TINGLANDI
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
APELLYATSIYA KENGASHI TOMONIDAN AHOLI MUROJAATLARI KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI 👇👇👇👇
янв.21
DEPUTAT KO‘MAGI BILAN OILANING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
XAVFSIZ MAHALLA — TINCH VA OSOYISHTA HAYOT GAROVI
янв.21
ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI VA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTAT AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA O‘RGANDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI: FUQAROLAR XAVFSIZLIGI VA BARQAROR ELEKTR TA’MINOTI E’TIBORDA
KENGASH DEPUTATI ISHTIROKIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

Bugun Zarbdor tumani Oqbuloq mahallasidagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Ushbu unutilmas tadbirda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov ham ishtirok etdi.

📚 Tadbir davomida deputat bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim bosqich bilan samimiy tabriklab, ularga kelgusi o‘qish va mehnat faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli va tashabbuskor insonlar bo‘lib voyaga yetishga chaqirdi.

Tantanali tadbirda ustozlar, ota-onalar hamda o‘quvchilar ishtirok etib, bitiruvchilarning hayotidagi ushbu quvonchli lahzalar yana bir bor yuksak kayfiyatda nishonlandi.

Slide 1 of 5