Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
“Bor mehrimiz senga, bolajon!” donorlik aksiyasida deputatlar faol ishtirok etdi

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“Bor mehrimiz senga, bolajon!” donorlik aksiyasida deputatlar faol ishtirok etdi

🏛 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori bilan tashkil etilgan beg‘araz donorlik aksiyasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Ezgu tashabbus jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va ijtimoiy birdamlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📝 Mazkur aksiya doirasida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Husniddin Ergashev, Luiza Hikmatova hamda Frangiza Akramova ham faol ishtirok etib, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bolajonlarni qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

📉 Aksiya 1-iyun kuni Yashnobod tumanida joylashgan Qon preparatlari tayyorlash ilmiy markazida tashkil etilib, unda tuman Kengashlari raislari, deputatlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi. 2-iyun kuni esa ushbu xayriya tadbiri Abu Saxiy savdo markazida davom ettirildi.

🗣Ta’kidlash joizki, donorlik inson hayotini saqlab qolishga xizmat qiladigan eng oliy insonparvarlik amallaridan biridir. Har bir topshirilgan qon zaxirasi og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bolajonlar uchun umid, sog‘lom kelajak va yangi hayot imkoniyatini yaratadi.

🔎Deputatlar aksiya davomida bunday ezgu tashabbuslar jamiyatda mehr-shafqat, saxovat va ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashini alohida ta’kidlab, barcha yurtdoshlarni xayrli ishlarda faol bo‘lishga chaqirdilar.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 6