Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan “Takiya ota” ziyoratgohida infratuzilma loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan “Takiya ota” ziyoratgohida infratuzilma loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–386-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” ziyoratgohini zarur infratuzilma bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, infratuzilma obyektlarining holati, qurilish sifati, belgilangan vazifalarning ijrosi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mas’ullar bilan mavjud holat yuzasidan muhokama o‘tkazilib, aniqlangan masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, ishlar sifatini oshirish hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mazkur loyiha ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va muddatlariga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev

Slide 1 of 6