Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamov tomonidan Payariq tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasi jarayonida Go‘zal mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari yuzasidan masala ko‘tarilgan edi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Doimiy_komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 27-sessiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya raisi S.Maxkamov tomonidan Payariq tuman gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘ining hisoboti muhokamasi jarayonida Go‘zal mahallasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari yuzasidan masala ko‘tarilgan edi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ–392-son qarori asosida mahalla hududida 1 km avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotganligi inobatga olinib, yo‘l qoplamasi yotqizilishidan oldin eskirgan gaz quvurlarini almashtirish bo‘yicha taklif bildirilgan.

Mazkur taklif ijrosi yuzasidan hozirgi kunda tegishli ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda doimiy komissiya raisi S.Maxkamov tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan gaz tarmog‘ini yangilash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi masalalari ko‘rib chiqilib, mas’ul tashkilot vakillariga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi hudud aholisini uzluksiz va sifatli tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda kelgusida yo‘l ta’mirlash ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3