Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDA MUROJAATLAR BILAN ISHLASH VA EKOLOGIK MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
HAMKOROBOD MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
NURONIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUS OTA JOME MASJIDIDA FUQAROLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
BILARMIDINGIZ?
янв.21
“SHARQ HAQIQATI” MAHALLASIDA DEPUTAT QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
313-SONLI MAKTABNING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
96-SONLI MAKTABDA “DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI: MAHALLALARDAGI DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi hayoti sifatini yaxshilash masalalari tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda muhokama etilayotgan masalalarning muhimligini inobatga olgan holda, sohaga mas’ul bo‘lgan quyidagi idora va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdilar:
·   Suv ta’minoti korxonasi vakillari;
·   Moliya bo‘limi rahbariyati;
·   Qurilish bo‘limi mas’ullari;
·   GAZ ta’minoti korxonasi mutasaddilari;
Yig‘ilish davomida asosiy e’tibor mahallalarda to‘planib qolgan va aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etishga qaratildi:
1.     Infratuzilmani yaxshilash: Ichki yo‘llarni ta’mirlash va shag‘allashtirish (shpes tashlash) ishlariga Qurilish bo‘limi va Moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ ajratilishi hamda ishlarning tizimli tashkil etilishi;
2.     Kommunal sohadagi muammolar: Mahallalarda toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, suv tarmoqlarini tortish va ta’mirlash masalalari;
3.     Energiya ta’minoti: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va mahallalardagi gaz bosimini me’yorlashtirish, suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazish masalalari.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi har bir masala yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanib, muammolarni bartaraf etishning aniq muddatlari belgilandi.
Mahallalardagi bunyodkorlik va ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishi Doimiy komissiya va Kengash deputatlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 4