Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”

Ayni damda yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shukuxi kezib yuribdi. Chinoz tumanida ham bayram shodiyonasi hududdagi Markaziy o‘yingohda ko‘tarinki ruxda bo‘lib o‘tdi. O‘zida milliy urf-odat va qadriyatlarni mujassam etgan turli badiiy jamoalar tomonidan tayyorlangan saxna chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir davomida Chinoz hokimi Sherzod Salixov so‘zga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, hududda bo‘layotgan o‘zgarishlar, aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, bolajonlar ijrosida dilrabo raqslar namoyish etildi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tomoshabinlarni raqsga chorladi.

Ushbu bayram tadbirida xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari ham faol ishtirok etdilar.

Slide 1 of 1