Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман кенгаши сессиясида МАСЪУЛЛАР ҲИСОБОТ БЕРИШДИ
янв.21
ТУМАН КЕНГАШИ СЕССИЯСИ
янв.21
ДЕПУТАТЛИК ЭШИТУВИ
янв.20
Халқ депутатлари Ёзёвон туман Кенгашининг "Таълим, соғлиқни сақлаш, маданият, спорт ва ижтимоий ҳимоя масалалари бўйича" доимий комиссия аъзолари ҳамда туман Кенгаши депутатлари иштирокида тумандаги 1-2-умумтаълим мактабларида ўрганиш (мониторинг) ишлари олиб борилиши жараёнидан .
Ramazon-mehr-saxovat oyi!

Ro‘zai ramazon kunlarida sharoiti ogʻir va qiynalgan oilalarga yordam berish, ularning holidan xabar olib muruvvat ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlarimiz biri sanaladi. 

🔰 Ayni kunlarda Chinoz tumani hokimi Sherzod Salixov va sahovatli tadbirkorlarimiz koʻmagida mahallarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalar uchun iftorlik dasturxoni yozilmoqda. 

Birinchi sektor hududidagi "Qir" mahallasida istiqomat qiluvchi Alisher Buvanovlar oilasi xonadonida tashkil etilgan iftorlikka nuroniylar, kayvoniy onaxonlar va ehtiyojmand oila vakillari jam bo‘lishdi.

Tuman hokimi Sh.Salixov piru badavlat otaxon va onaxonlarimiz bilan suhbatda boʻlib, ularning boy hayotiy tajribalaridan har sohada unumli foydalanish zarurligini taʼkidladi.

Alisher Buvanovlar xonadonida tashkil etilgan iftorlik dasturxonida nuroniylar duoga qoʻl ochib, ezgulikka yoʻgʻrilgan xayrli ishlarga hissa qoʻshgan insonlarga fayz baraka tiladilar.  

Slide 1 of 1