Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
🚨 DEPUTATLIK SO‘ROVI

🌿 ASAVEY MAHALLASIDAGI ZAX QOCHIRISH TARMOG‘INING 200 METR QISMI YOPIQ HOLATGA KELTIRILADI
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dosova Gulxumar Kuranbayevna tomonidan Asavey mahallasi hududidagi mavjud muammoni o‘rganish natijasida 141-ds-448-26-son deputatlik so‘rovi kiritildi.
📍 O‘rganishlar davomida Asavey mahallasi hududidan o‘tuvchi R. Polyozov zax qochirish tarmog‘ining 200 metr qismi ochiq holatda ekani aniqlandi.
⚠️ Mazkur holat hududning sanitariya va obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aholi uchun noqulayliklar yuzaga keltirishi hamda ayrim hollarda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
🛠 Deputatlik so‘rovida:
▪️ 200 metr qismni joyiga chiqqan holda o‘rganish;
▪️ uni yopiq holatga keltirishning texnik imkoniyatlarini aniqlash;
▪️ zarur hollarda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
▪️ moliyalashtirish manbalarini aniqlash;
▪️ ishlarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini belgilash so‘ralgan.
🤝 Maqsad — hududni obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ekologik muhitni asrash va aholi, ayniqsa, bolalar uchun xavfsiz sharoit yaratish.
📌 Ko‘rilgan choralar va bajarilgan ishlar yuzasidan deputatga qonunchilikda belgilangan tartibda yozma javob taqdim etilishi so‘ralgan.