Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
🚨 DEPUTATLIK SO‘ROVI

🚸 PIYODALAR XAVFSIZLIGI — DEPUTAT NAZORATIDA
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Kalandarov Azamat Shermetovich tomonidan fuqarolar bilan uchrashuvlar, murojaatlar va hududdagi ijtimoiy muammolarni o‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan 140-ds-448-26-son deputatlik so‘rovi kiritildi.
📍 Deputatlik so‘rovida Shovot tumani hududidan o‘tuvchi 4R159 “Urganch shahri – Shovot shahri – Turkmaniston chegarasi” avtomobil yo‘lining Royat, Guliston va Bo‘ston mahallalari hududidan o‘tuvchi qismlaridagi piyodalar xavfsizligi masalasiga e’tibor qaratilgan.
🔎 O‘rganishlar davomida ayrim piyodalar o‘tish joylarida yo‘l chiziqlari eskirgani, ayrim joylarda esa deyarli ko‘rinmay qolgani aniqlangan.
⚠️ Mazkur holat, ayniqsa, maktab o‘quvchilari, bolalar, nuroniylar va mahalla aholisi uchun yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🛣 Deputat tomonidan piyodalar qatnovi yuqori bo‘lgan qismlarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, eskirgan va ko‘rinmay qolgan yo‘l chiziqlarini yangilash hamda zarur joylarda tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatish yoki yangilash so‘ralgan.
🤝 Maqsad — yo‘l harakati ishtirokchilari, ayniqsa, piyodalar va bolalar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratish.
📌 Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlarning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini belgilash hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.