35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
24-SESSIYA: DEPUTAT TAKLIF BILDIRDI

 Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 24-sessiyasida Chilonzor tumanida 2026-yilning 7 oyi davomida yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
❓ Mazkur masala yuzasidan Kengash deputati Mamatqulov Ilhom Abdurashidovich tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhim taklif bildirildi.
🎙 Taklif:
Jinoyatchilik sodir etgani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lgan yoshlarning keyingi hayoti, jamiyatga moslashuvi va bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratish zarur.
Jazoni o‘tab chiqqan yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularga munosib mehnat sharoitlari yaratish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash lozim. Chunki yoshlarning jazoni o‘tab chiqqandan so‘ng ishsiz va daromadsiz qolishi, hayotda o‘z o‘rnini topa olmasligi ularning yana jinoyat sodir etish yo‘liga qaytib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu bois, bu boradagi ishlarni faqat profilaktika inspektorlari nazorati bilan cheklab qolmasdan, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga amaliy yordam ko‘rsatish muhim.
Shuningdek, jazoni o‘tab chiqqan yoshlarni boshqa yoshlardan ajratib qo‘ymasdan, ularni jamiyatga qayta integratsiya qilish, ijtimoiy hayotga faol jalb etish va qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish zarur.
Yoshlarning qiziqishi va qobiliyatidan kelib chiqib, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ishga joylashtirish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlar yaratish orqali ularning kelajagiga mustahkam poydevor yaratish mumkin.
📌 Deputat tomonidan tumanda jazoni o‘tab chiqqan yoshlar bilan ishlashda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va bu yo‘nalishda mas’ul tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish taklif etildi.

Slide 1 of 1