35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
EKSPERT GURUHI TOMONIDAN QAROR LOYIHASIGA XULOSA BILDIRILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Saidov Ulug‘bek Aripovich, Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi rahbari sifatida “Chilonzor tumanidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hududida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish va buning natijasida yuzaga kelgan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasi yuzasidan o‘z fikr va xulosalarini bildirdi.
Mazkur qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ–387-son qarori, shuningdek, Toshkent shahrida ekologik va sanitariya holatini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan qo‘shma qaror talablari asosida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasida Chilonzor tumani hududidagi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda mazkur ishlar natijasida hosil bo‘lgan qattiq va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lov tarifini tasdiqlash nazarda tutilgan. Xizmatlar uchun 1 m² maydonga 3 610 so‘m miqdorida tarif belgilangan.
Loyihada sanitariya qoidalariga qat’iy rioya etish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, tuman hududining sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish mablag‘laridan samarali foydalanish hamda sohada ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan.
Ekspertiza natijasiga ko‘ra, qaror loyihasi amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, uni qabul qilish tuman hududida sanitariya tozaligini ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mazkur yo‘nalishdagi mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Shuningdek, mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi Chilonzor tumanida obodonlashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda zamonaviy va qulay muhit yaratish borasidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga zamin yaratadi.