35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
📊 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich ishtirokida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida Ijtimoiyat mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalarining ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur loyihalar Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.
💰 Dastur doirasida Ijtimoiyat mahallasini rivojlantirish uchun 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Ushbu mablag‘lar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish hamda hududning ijtimoiy qiyofasini yanada obod qilishga yo‘naltirilgan.
📌 O‘rganish davomida quyidagi ishlarning holati ko‘zdan kechirildi:
✅ Mahalla fuqarolar yig‘ini binosini ta’mirlash ishlari davom etmoqda;
✅ “Qadriyat” ko‘chasida zamonaviy bolalar maydonchasini barpo etish ishlari olib borilmoqda;
✅ “Ijtimoiyat” va “Istiqbol” ko‘chalarida 1,3 kilometr piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari davom etmoqda;
✅ “Ijtimoiyat”, “Istiqbol”, “Baynalmilalchilar”, “Uzumchi” va “Gulzor” ko‘chalariga 95 dona zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda;
✅ “Yuksalish”, “Ehtirom” va “Uzumchi” ko‘chalarining 2,6 kilometr qismi shag‘allashtirilgan;
✅ “Baynalmilalchilar” hamda “Qadriyat” ko‘chalarining 3,1 kilometr qismida asfaltlashtirish ishlari to‘liq yakunlangan.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyihaviy ko‘rsatkichlarga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Deputatlik nazorati — Kengash qarorlarining amaldagi ijrosini ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 5