35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Avlodlar o‘rtasida tajriba va fikr almashildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
📌 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning muammosi deputatlar nazoratida

Qo‘shko‘pir mahallasi Shifonur ko‘chasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro oilasining yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 24-Gulshan saylov okrugidan saylangan deputati Masharipov Izzat Masharipovich, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 36-Monoq saylov okrugidan saylangan deputati Ishchanov Alibek Raximberganovich hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirok etdi.
Suhbat davomida oilaning asosiy muammosi — yashab turgan uy-joyini hujjatlashtirish bilan bog‘liq ekani aniqlandi.
Mazkur masala yuzasidan amaldagi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni doirasida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, fuqaroning murojaatini qonunchilikda belgilangan tartibda hal etishga ko‘maklashish maqsadida mazkur masala deputatlar nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2