35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida bildirilgan murojaat asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon shahar “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi tomonidan “Naymancha” ko‘chasi bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi.

Fuqarolarning murojaatida mazkur ko‘cha uzoq yillardan buyon asfaltlashtirilmaganligi, ayniqsa kuz-qish mavsumlarida yo‘lning noqulay holati aholiga qiyinchilik tug‘dirayotgani hamda bu holat fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani bildirildi.

Aholi murojaatini inobatga olgan holda, deputat F.Qaxxarova tomonidan Qo‘qon shahar “Obodonlashtirish” boshqarmasi boshlig‘i nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida “Shaldiramoq” MFY aholisi tomonidan ko‘tarilgan “Naymancha” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi yuzasidan qanday chora-tadbirlar ko‘rilishi, shuningdek, mazkur ko‘chani qachon asfaltlashtirish rejalashtirilgani haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan tartibda javob taqdim etiladi hamda murojaat yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar va natijalar haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2