35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Investitsiya loyihasi oʻrganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan “Xo‘jakent” MFY hududida umumiy qiymati 45 mlrd so‘m bo‘lgan yirik investitsiya loyihasi — “Xo‘jakent savdo majmuasi” o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida qurilish ishlarining tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilayotgani, qurilish-montaj ishlarining sifati, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish ishlari hamda qurilishning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida loyiha doirasida:
87 o‘rinli mehmonxona;
dam oluvchilar uchun yozgi va qishki basseynlar;
26 o‘rinli charxpalak;
bolalar uchun zamonaviy maydoncha;
oilaviy mehmonlar uchun barcha qulayliklarga ega 2 ta katta kottej tashkil etilishi rejalashtirilganligi  bilan tanishildi.

🔺Ayni paytda loyiha bo‘yicha qurilish ishlari bosqichma-bosqich olib borilayotganligi, qurilish ishlarining borishi, yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda loyihaning kelgusidagi istiqbollari bilan tanishildi.

Slide 1 of 3