Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha qonun targ‘iboti. 162-qonun #Haftalik_ish_reja_ijrosi

Qaror ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S. Yo‘ldosheva tomonidan 23-maktabda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Targ‘ibot davomida O‘RQ-900-son Qonunda belgilangan yo‘l harakati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, piyodalar va haydovchilarning xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘llarda ehtiyotkorlik choralariga amal qilishning ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish nafaqat qonuniy majburiyat, balki inson hayoti va salomatligini asrashning muhim omili ekani haqida tushunchalar berildi.

Deputat tomonidan mazkur Qonun talablarining joylarda ijrosini ta’minlash, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va yo‘l harakati xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Qonun ijrosi — fuqarolar xavfsizligi va yo‘l harakati tartibining muhim kafolatidir.

Slide 1 of 5