Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada xotin-qizlar bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi
янв.21
Deputat mahalla faollari bilan uchrashdi
янв.21
📚 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar
янв.21
Aholi manfaatlari va oziq-ovqat xavfsizligi – deputat e’tiborida
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Rustam Safarov Barkamol mahallasidagi bolalar maydonchasini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Bolalar maydonchasi tashkil etish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning jarrohlik amaliyoti bilan bog‘liq masala yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
“Nodirabegim” istirohat bog‘ida amaliy o‘rganish o‘tkazildi

Andijon shahridagi “Nodirabegim” istirohat bog‘ida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri N. To‘ychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev tomonidan bog‘ning mavjud holati, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bog‘ hududidagi ko‘lda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Suvga tushish taqiqlangan hududda cho‘milayotgan voyaga yetmaganlarga zarur ogohlantirishlar berildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning muammolari tinglandi. Yer bilan bog‘liq masalalarni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

Bog‘ hududida xavfsizlikni ta’minlash, obodonlashtirish ishlarini yaxshilash hamda fuqarolar va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3