35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining 37-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashining navbatdagi 37-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash deputatlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📌 Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, mahalliy budjet ijrosi, aholi bandligi va turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati hamda ko‘p qavatli uy-joy fondining muhandislik tizimlarini yangilashga oid muhim masalalar o‘rin oldi.

— Jumladan, 2026-yil II choragida mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va soliq qarzdorligini qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

— Aholi turmush sharoitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash borasida 2026-yil I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar;

— Tuman tibbiyot birlashmasi hamda Sanitariya va epidemiologiya qo‘mitasi tuman bo‘limining I yarim yillik faoliyati;

— Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining II chorak yakunlari;

— Tuman mahalliy budjetining olti oylik ijrosi va qo‘shimcha manbalarni yo‘naltirish masalalari;

— 2026-yilda ko‘p qavatli uy-joy fondining ichki muhandislik tizimlarini yangilash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 1