💬Kengashning asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi:
🔅 Tashkiliy-huquqiy yo‘nalish:
▫️Hokimning qonunchilikda nazarda tutilgan qarorlarini tasdiqlash;
▫️Kengashning ish tartibi va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
▫️Doimiy va muvaqqat komissiyalarni tuzish va ularning hisobotlarini tinglash.
🔅Nazorat tahlil faoliyati:
Kengash quyidagi organlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini muntazam eshitib boradi:
🔹 Ijro etuvchi hokimiyat (hokimlik bo‘lim va boshqarmalari);
🔹Prokuratura organlari;
🔹 Ichki ishlar hududiy bo‘linmalari;
🔹 Sog‘liqni saqlash boshqaruv organlari;
🔹 Adliya bo‘limlari.
▶️Qonun ustuvorligini ta’minlash:
🔹Kengash so‘rovini yuborish va Kengash tekshiruvini o‘tkazish;
🔹Deputatlarning vakolatlarini e’tirof etish yoki muddatidan oldin to‘xtatish;
🔹Hokimning yoki quyi Kengashning qonunchilikka zid qarorlarini bekor qilish.
▶️Ma’muriy-iqtisodiy vakolatlar:
✔️Hokimning taqdimiga binoan hokimlikning tuzilmasi, shtatlari va mehnatga haq to‘lash fondini tasdiqlash.
🫥Mahalliy Kengashlar xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, hududiy muammolarni qonuniy hal etish va ijro etuvchi hokimiyat ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.