Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati B. Xudayarov tomonidan “Yangi davr” mahallasida joylashgan 416-MTTga kirish qismidagi muammolar o‘rganildi.
🔍 Aniqlanishicha, Muynoq ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar uchun yotqizilgan kabel tarmoqlari o‘tgan hududlarda yer qismi cho‘kib, chuqurliklar hosil bo‘lgan. Bu holat, ayniqsa, bog‘chaga qatnovchi bolalar va ularning ota-onalari uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.
🛠 Mazkur hududda vaqtincha sement-beton qorishmasi yotqizilganiga qaramay, muammo to‘liq bartaraf etilmagan.
📌 Mazkur muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan murojaat yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
❗️ Holat deputat tomonidan nazoratga olindi.