Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S. Suvonqqulov mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Davronbek Ravshanbekov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 31-sessiyasiga tayyorgarlik doirasida, deputat O. Buzurukxodjayeva 244-maktabda o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Tuxfaxon Axmedova Jo‘rabek mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Nigora Murodova chorak yakuni bo‘yicha saylovchilar oldida axborot berdi. Uchrashuv “Qo‘yliqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.
янв.21
Aholi bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
📌 Hududdagi muammo o‘rganildi
янв.21
❗️Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna 2026-yil I chorakdagi faoliyati to'g'risida axborot berdi
янв.21
Mahalla idorasida aholi bilan uchrashuv jarayoni
янв.21
Tashabbusli loyiha ijrosi deputatlar nazoratida
YANGIYO‘L MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Qoraboyeva hamda deputat R.Sultonov tomonidan Yangiyo‘l mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla “yettiligi” faoliyati samaradorligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash orqali daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4