Yangiliklar

Ta’lim dargoxi talabalarida – Vatanparvarlik shukuxi!

Bugun 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Хorazmlik adolatchilar bayramona tadbirlarni izchillik bilan tashkil etishmoqda. 

Partiyaning Urganch shahar Kengashi tomonidan Urganch davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fanlar yo‘nalishida taxsil olayotgan talabalar bilan partiyaning “Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda partiyaning Urganch shahar Kengashi raisi, shahar Kengashi deputatlik guruhi rahbari, jangchi-faxriy Boltayev Rustam va bir guruh jangchi-faxriy partiyadoshlarimiz so‘zga chiqib, tinchlikni qadriga yetish, Vatanni sevish va uning kelajagiga bo‘lgan daxldorlik hissini oshirish to‘g‘risida hayotiy misollar bilan tushunchalar berishdi.


 

Slide 1 of 1