Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
янв.21
Yangiyer shahar kengashi XDP dan deputat Zaxro Qurbonboyeva
янв.21
O‘zbekiston XDP faxri — fidoyi deputatlarga ehtirom
янв.21
O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,
янв.21
Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamkorligida Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomdagi jamoat salomatligi texnikumini 2025-yilda tamomlagan bitiruvchilar boʻyicha o'rganish o'tkazildi.
янв.21
Davlatobod mahallasida nogironligi mavjud yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
SALOMATLIK AKSIYASI TIBBIYOTDA!

 SALOMATLIK AKSIYASI TIBBIYOTDA!

           Kuni kecha erta tongdan tuman tibbiyot birlashmasiga borganimizda atrof-muhitning sofligi, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘rib havas qildik. Buning ortida katta mehnat va intizom turibdi. Tibbiyot birlashmasi rahbari Qodirov Javlonbek Abdurashidovichning o‘z ishiga sadoqat bilan yondoshib, ma’suliyat va
aql bilan jamoani boshqarishi samarali ekanligi ko‘rinib turibdi.
Shifokorlarimiz o‘z joylarida 8-00 dan ish faoliyatlarini boshlashgan. Barcha xonalarda sharoitlar yetarli.

         Tuman tibbiyot birlashmasida Salomatlik aksiyasi TIBBIY KO‘RIK ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ko‘rikda tumanimizning deyarli ko‘plab MFY lardagi fuqarolar,ijtimoiy yagona reystrda ro‘yhatga olingan oilalardan 210 nafari ishtirok etib, bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Onkolog, Terapevt, Kordiolog, Lor, Urolog, Ginekolog, UZI kabi mutaxssislar tomonidan tibbiy ko‘rik natijasida ko‘plab fuqarolar statsionar va ambulator sharoitda davolanish uchun yo‘llanma va tasiyalar olishdi.

         Tibbiy ko‘rikda O‘zbekiston XDP Markaziy kengash rais o‘rinbosari Vorisova Mahsuda Azizovna, Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Umaraliev Akmaljon Akbaraliyev, O‘zbekiston XDP Markaziy kengashi partiya guruhlari va deputatlar bilan ishlash boshqarma boshlig‘i Xasanova Movjuda G‘aniyevna, O‘zbekiston XDP Markaziy kengashi sektor mudiri Bahodir Kamolov, Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Feruza Xolto‘rayevalar ishtirok etishib, fuqarolarning murojaatlari ham tinglanib , muammolari ijobiy hal etish choralari rejalashtirildi. Shuningdek,tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tibbiyot xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishib, takliflar bildirishdi. 

   

Slide 1 of 6