O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ijodkorlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan jurnalist, mehnat faxriysi A. Qahhorov hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmadi a’zosi, shoira va ijodkor N.Do’smatova hamrohligida maktabda tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etib, o’quvchi-yoshlarni bayram bilan tabrikladilar.