Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi
янв.21
Yangiyer shahar deputati 13-Talabalar Abduxoliqov Islom Rayimqul o‘g‘li saylov okrugida aholi muammolari yuzasidan o'rganish o'tkazdi.
янв.21
Yangiyer shahar kengashi deputati Urumbayeva Muqaddas Yuldashbayevna Shodiyona
янв.21
Yangiyer shahar 1-umumta'lim maktabida Yangiyer shahar kengashi deputati S. Niyazova
янв.21
Deputat va maxalla faollari
янв.21
Yangiyer shahar kengashi XDP dan deputat Zaxro Qurbonboyeva
янв.21
O‘zbekiston XDP faxri — fidoyi deputatlarga ehtirom
янв.21
O’zLiDep Yangiyer shahar kengashi apparat rahbari N. Babaxanov hamda Xalq deputatlari Yangiyer shahar kengashi deputati S.Sultanova tashabbusi bilan Yangiyer shahrining 9-umumta’lim maktabi kutubxonasida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun,
янв.21
Yangiyer shahar Kengashi deputati Islom Abduxoliqov hamkorligida Yangiyer shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomdagi jamoat salomatligi texnikumini 2025-yilda tamomlagan bitiruvchilar boʻyicha o'rganish o'tkazildi.
янв.21
Davlatobod mahallasida nogironligi mavjud yoshlar va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
Senator boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatida sport infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini o‘rganmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taʼminlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Toshkent viloyati mahallalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 245-sonli qarorida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan mahalla terma jamoalari uchun 2023 yilda 56 ta, 2024-yilda esa 50 ta sport maydonchasi qurilishi belgilangan.

Ishchi guruh sport maydonchalarining holatini o‘rganish maqsadida Qibray, Piskent, Bo‘ka, Bekobod, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Toshkent tumani tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Olmaliq shaharlarida o‘rganishlar olib bordi.

Dastlab Nurafshon shahridagi “Obod turmush”, “Oppoq”, O‘rta Chirchiq tumanidagi “Burgalik”, Qibray tumanidagi “Obod”, “Navbahor”, Toshkent tumanidagi “A.Navoiy” mahallalarida va taʼlim muassasalarida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida sport maydonchalarining foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolganligi, sport obyektlarining atrofi o‘ralmaganligi, sport anjomlarining yetishmovchiligi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi kabi kamchiliklar aniqlandi.

Ishchi guruh tomonidan aholini sportga keng jalb qilish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

O‘rganish natijalari xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boshqarmalari rahbarlari ishtirokida Senat qo‘mitasi majlisida muhokama etiladi.

Ishchi guruhning Toshkent viloyatidagi o‘rganishlari davom etmoqda. 

Slide 1 of 8